Uchtepada oziq-ovqat do‘koni yondi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni Uchtepa tumanida oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 4:34 da Uchtepa tumani, Chilonzor 6-daha, Lutfiy ko‘chasi 6-uyda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari do‘konida kelib chiqqan. Do‘konning 40 kv m maydoni yongan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 04:45 da qurshab olinib, soat 04:47 da bartaraf etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda kecha Sergeli va Mirobod tumanidagi qurilish maydonlarida ikkita yirik yong‘in yuz bergandi. Ularning birida avtokran haydovchisi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Uchtepa do'kon

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing