Gvardiola koronavirus sabab og‘ir judolikka uchradi

Sport

image

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning onasi Dolores Sala Karrio koronavirus pandemiyasi sabab 82 yoshida Barselona shahrida vafot etdi. 

"Klubning barcha xodimlari, futbolchilari va jamoa muxlislari Pep Gvardiolaning onasi vafot etganligi sababli, uning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi", deya xabar tarqatdi "Manchester Siti" rasmiy sayti.

Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Kataloniya shahrida joylashgan shifoxonaga bir million yevro hayriya qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirusga 135 032 nafar odam chalindi. 40 432 bemor shifo topgan bo‘lsa, 13 055 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Koronavirus

Baholaganlar

382

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing