Ortiqxo‘jayev boshchiligida toshqindan zarar ko‘rgan sirdaryoliklar uchun maxsus markaz tashkil etildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Toshkentning saxiy fuqarolari va mehmonlari tomonidan to‘plangan insonparvarlik yordamining birinchi karvoni Toshkentdan Sirdaryo viloyatiga, yuk mashinalarida yo‘l oldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Biroq asosiy tamoyil – zarar keltirmaslik haqida unutish mumkin emas. Koronavirusga qarshi kurashish davrida, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, harakat qilish juda muhim”, deya ta’kidlagan hokimlik.

Volontyorlarning tashabbusini qo‘llagan holda, Toshkent shahar hokimligi va IIBB “Sardoba” suv omborida ro‘y bergan to‘g‘on yorilishi natijasida talafot ko‘rganlar uchun, markazlashgan insonparvarlik yordamini to‘plash markazini tashkil qildi. 

Har kuni savob istagi bor har inson kiyim-kechak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini “Navro‘z” restorani yonidagi avtoturargohga (mo‘ljal – “Xalqlar do‘stligi” saroyi) quyidagi tartib asosiyda keltirishi mumkin:

•    soat 7:00 dan 10:00 gacha va 17:00 dan 20:00 gacha istagi bor barcha fuqarolar o‘z avtomobillarida;
•    soat 10:00 dan 20:00 gacha – maxsus stikerlarga ega avtomobillar. 

“Bu yerdan, siz tomondan yetkazilgan yordam, maxsus ajratilgan avtobuslarda (yuk mashinalarida), barcha sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda Sirdaryo viloyatiga jo‘natiladi. 

Sizdan iltimos: tushunmovchiliklar, firibgarlik holatlari ro‘y bermasligi uchun pul mablag‘larini yig‘ib hisob raqamlari yoki bank kartalariga jo‘natmang”, deyiladi xabarda.

Talofat ko‘rgan Sirdaryo viloyat aholisiga yordam ko‘rsatish hisob raqami qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.

Ma’lumotlar uchun telefon: +99871 239 17 28

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqa boshladi. Oqibatda, bir qancha aholi punktlariga kuchli oqimda suv yopirilib kira boshladi va tez orada qishloqlar suv ostida qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing