O‘zbekistonda yana 111 kishi sog‘aydi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2020
9593Bugun, 6 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 nafarga ortib, 43 587 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 71 nafari Toshkent shahrida;
- 12 nafari Toshkent viloyatida;
- 10 nafar Samarqand viloyatida;
- 9 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli A.A. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 82 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar
Toshkent shahrida 231 nafar,
Toshkent viloyatida 87 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
Samarqand viloyatida 8 nafar,
Surxondaryo viloyatida 7 nafari,
Namangan viloyatida 2 nafar,
jami 345 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, mamlakatda 41 225 (+345) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatning 14 hududidagi davolash muassasalarida jami 2015 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi