Rossiyada migrantlarni fuqarolarga tenglashtirish taklif qilindi

Olam

image

Rossiyaning Strategik tashabbuslar agentligi (STA) mamlakatdagi mehnat migrantlari vaqtincha rossiyaliklarga tenglashtirishni taklf qildi. Bu haqda koronavirus pandemiyasi vaqtida mehnat bozori va bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha Bosh vazir Mixail Mishustinga yuborilgan maktubda ko‘rsatib o‘tilgan.

STAning migrantlar haqidagi taklifi ular ham ijtimoiy himoyadan foydalanib, ishsizlik nafaqasni olishlari uchun kiritilgan. Muhojirlar RF fuqarolariga tenglashtirilsa, ular boshqa imtiyozlardan ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agentlik maktubida aynan qaysi toifa migrantlarni fuqarolarga tenglashtirishni ko‘rsatmagan.

Agentlik shuningdek, ishsiz qolgan migrantlarni bo‘sh ish bozorlariga va IT xizmat ko‘rsatish sohalariga qayta tayyorlashni tashkil qilish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 15 martdan 15 iyunga qadar bo‘lgan vaqt davomida tugaydigan chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

236

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing