“Qamchiq”da turkiyalik YTHga uchradi

Jamiyat

0ab511bb78e0bb3c1d779636083cf981

Joriy yilning 21 noyabr kuni “Qamchiq” dovonida Turkiya Respublikasi fuqarosi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

21 noyabr kuni soat 11:10 larda “Qamchiq” navbatchilik qismiga “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining (IYFUK) navbatchi-dispetcheriga YTH haqida xabar tushgan.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan Turkiya Respublikasi fuqarosi A.X. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk mashinasi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 249 kmda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan. Sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan 11 va 12-nazorat postlari qutqaruvchilari hamda “Qamchiq” qutqaruv otryadidan A.Kamilov boshchiligidagi qutqaruv guruhi yetib bordi.

Yuk mashinasini xandaqdan chiqarib olish uchun “Transyo‘lqurilish” kompaniyasining 50 tonnalik avtokrani, “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUKdan 1 ta yuklovchi (pogruzchik) texnikalari jalb yetildi. Shundan so‘ng, yuk mashinasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom yettirdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH FVV Qamchiq

Baholaganlar

101

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing