Prezident Hisob palatasi raisiga o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon bilan Bahodir To‘xtamishovich Turobov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bugunga qadar Bahodir Turobov O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq, Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Hisob palatasi Bahodir Turobov

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing