Insof bormi? “UzAuto Motors” yangi modellarning narxini e’lon qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, “UzAuto Motors” premium segmentdagi Equinox krossoveri, Trailblazer va Tahoe yo‘ltanlamasi hamda Chevrolet Traverse oilaviy krossoverini taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 27 dekabr kuni Trailblazer va Equinox avtomobillari uchun shartnoma tuzish UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida boshlanadi. Premium sinfdagi Tahoe hamda Traverse modellariga faqatgina Nurafshon Autocentre’da (Toshkent viloyati) shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi.

“UzAuto Motors” mahsulotlari savdosi amaliyotidan ma’lumki, O‘zbekistondagi iste’molchilar biznes-sinfiga mansub avtomobillarni xarid qilayotganda to‘liq komplektatsiyani afzal ko‘radi. Bunga Malibu Turbo 2.0 LTZ hamda Tracker LTZ avtomobillarini misol qilib keltirish mumkin. Shularni inobatga olgan holda Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari mahalliy bozorda faqat to‘liq komplektatsiyada taklif qilindi.

“UzAuto Motors” yangi modellarning narxini rasman e’lon qildi:

Equinox 
Boshlang‘ich narxi:  225 652 174 so‘mdan 
Redline LT komplektatsiyasi: 303 478 261 so‘m


Trailblazer 
Boshlang‘ich narxi:  264 347 826 so‘mdan 
LTZ komplektatsiyasi: 346 086 957 so‘m


Traverse 
Boshlang‘ich narxi: 404 173 913 so‘mdan 
Premier komplektatsiyasi: 518 260 870 so‘m


Tahoe 
Boshlang‘ich narxi:  517 391 304 so‘mdan 
Premier komplektatsiyasi: 691 304 348 so‘m

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun AQSHda xuddi shu modeldagi avtomobillar narxlari quyidagicha:

Tahoe 49 ming AQSH dollar;

Traverse 29 ming AQSH dollar;

Equinox 23 ming dollar;

Trailblazer 32 ming AQSH dollar.

 


Maqola muallifi

Teglar

narx UzAuto Motors

Baholaganlar

755

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing