Olmaliqda bir necha oylardan buyon maoshini olmagan xodimlar g‘alayon ko‘tardi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi Enter Engineering kompaniyasi ishchilari uzoq vaqtdan beri oylik berilmaganini aytib, norozilik bildirgani aks etgan video ortidan kompaniya rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kompaniya xodimlarining ish haqi bevosita buyurtmachi oldida bajarilgan ish hajmini muvaffaqiyatli asoslab berilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Shunga ko‘ra, hozirgi kunda xodimlarning fevral oyi uchun maoshlari to‘liq to‘lab berilgan.

"Ayni vaqtda mart oyi uchun hajmlarni asoslash jarayoni ketmoqda, ularning yakuniga ko‘ra, butun ish haqi to‘lab beriladi. Ya’ni shunday tartib borki, unga ko‘ra, avvaliga qurilish ob’ektlarida oldingi oyda bajarilgan ishlar hajmi buyurtmachi oldida himoyalanishi kerak. Aynan himoya qilingan hajmlar ish haqini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra soliqlarni hisoblash va hisobotlarni topshirish, shuningdek, xodimlarga to‘liq maosh berish jarayonlari sodir bo‘ladi", deyiladi munosabatda.

Unga ko‘ra, muammolarni hal qilish uchun vaqt talab qilinadi. Ayni vaqtda Enter Engineering kompaniyasida xodimlarga mart oyi uchun ish haqini to‘lash jarayoni ketayotgani qo‘shimcha qilingan. 

"Bu birinchi navbatda, qurilish kompaniyasining o‘zi, qolaversa, sifat nazorati xizmatlari va buyurtmachining mustaqil texnik nazorati xizmatlari tomonidan tekshirilishi kerak bo‘lgan qurilish ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq", deyiladi manbada.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ba’zi videolar uch yil oldingi feyk video hisoblanishi bildirilgan. Kompaniya ham, buyurtmachilar ham xodimlari oldidagi barcha majburiyatlarni bajarib kelayotganini urg‘ulagan.

Biroq kompaniyaning ko‘p sonli xodimlari rahbariyatni yolg‘onchilikda ayblashda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliq shahrida “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Olmaliq Enter Engineering

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made