Propiska to‘g‘risidagi qonunni umumxalq muhokamasiga qo‘yish rejalashtirilyapti

Jamiyat

image

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasini umumhalq muhokamasiga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda markaz rahbari Eldor Tulyakov ma’lum qildi.

"Tug‘ilgan bolaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish vaqtida uni otasi yoki onasining doimiy ro‘yxat manzili bo‘yicha idoralararo avtomatlashgan tizim orqali doimiy ro‘yxatga olish tartibi kiritilmoqda", deya qo‘shimcha qilgan Tulyakov.

Uning ta’kidlashicha, doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda avvalgi yashash joyidan mustaqil ro‘yxatdan chiqish tartibi, hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy ro‘yxatga turishdan oldin va keyin harbiy hisob uchun mudofaa bo‘limlariga borish tartibi bekor qilinib, ushbu jarayonlar idoralararo elektron dastur orqali amalga oshirish taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaati vaqtida propiska bo‘yicha mavjud tartibni tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

propiska

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing