Havoning keskin sovishi koronavirusni avj oldiradimi?

Salomatlik

image

Avvalroq, 7-9 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva oblasti) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi xabar qilingan edi. Ayni vaqtda mamlakatning ko‘plab hududlarida sovuq havo hukmronlik qilmoqda. Ayri joylarda yomg‘ir va qor yog‘di, sel keldi. 

Ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holat ham kun sayin keskin tus olmoqda. Bundan avval mutaxassislar kunlarning isishi koronavirusning yo‘qolib borishiga ijobiy ta’sir qilishini aytgan edi. Ob-havoning birdan sovib ketishi koronavirus tarqalishi xavfini orttiradimi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovushbu savolga quyidagicha javob berdi. 

“Haqiqatan, havo sovuq bo‘lsa, ayniqsa -2 dan +10 gradusgacha bo‘lgan havo haroratida virus qo‘zg‘atuvchisi ancha muddat yashay oladi, ularni tashqi muhitda bo‘lish vaqti uzayadi. Lekin, agar biz uyimizda qolsak, ko‘chaga chiqmasak, muloqotlarga yo‘l qo‘ymasak, muloqot bo‘lsayam masofani saqlaydigan bo‘lsak respublikamizdagi epidemik vaziyatga hozirgi kundagi ob-havo ta’sir qilmasligi mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

340

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing