Surxondaryo “sariq” hududga kiritildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 maydan O‘zbekistonda hududlarni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib guruhlarga bo‘lish boshlandi. Surxondaryo mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “sariq”, ya’ni o‘rta xavfli hududga kiritildi. Chunki viloyat bo‘yicha 6 may kuniga qadar 41 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan. Shu kungacha ularning 29 nafari kasallikdan butunlay sog‘aygan. 12 nafari ayni paytda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Davolayotganarning 6 nafari joriy yilning 28 mart kuni Moskva – Termiz yo‘nalishida charter reys bilan kelgan fuqarolar, 3 nafari kasallikka chalingan ushbu fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan vohadoshimiz, yana 3 nafari esa Rossiyadan tranzit yo‘nalishida viloyatga kirib kelgan yuk mashinalari haydovchilaridir. Ularning ahvoli qoniqarli, tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo koronavirus infeksiyasiga chalinganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435), Xorazm viloyati (232), Namangan viloyati (230), Andijon viloyati (165), Farg‘ona viloyati (158), Samarqand viloyati (140), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (109)dan keyingi to‘qqizinchi o‘rinda turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, karantin qoidalari bosqichma-bosqich yumshatilishi bildirildi. Shuningdek, viloyat, tumanlar  va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o‘rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi belgilandi.

Hozirgacha, Samarqand va Namangan viloyatlari “qizil” (yuqori xavfli), Qashqadaryo viloyati “yashil” (xavfsiz) hudud etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Surxondar

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing