O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning qanchasi og‘ir ahvolda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda va 2 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1924 bemor ro‘yxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 106 bemorning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 67 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 130 bemordan 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti”, dedi Nurmat Otabekov.

Kuni kecha koronavirusni aniqlash uchun 10 mingga yaqin laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 892 nafari sog‘aydi, bemorlarning 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing