BAAda koronavirus aniqlandi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida yangi koronavirus bilan kasallangan ilk bemor aniqlandi. Bu haqda Amirlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarqatilgan xabarda aytilgan.

“BAAda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat ro‘yxatga olindi. Bemorning salomatligi barqaror, u shifokorlar nazoratida”, deyiladi vazirlik xabarida. Ammo xabarda bemor kimligi va qayerda aniqlangani haqida ma’lumot berilmagan.

Koronavirus Xitoydan tarqala boshladi. Virus bilan kasallanganlar ko‘plab mamlakatlarda aniqlandi. Jumladan, Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya va Malayziyada qayd qilingan.

Xitoyda ushbu virusdan kasallanganlar soni 5974 nafarga yetdi, qurbonlar soni 132 nafar. Dunyo bo‘yicha ushbu virusni yuqtirganlar 6062 nafarga yetdi. Avstraliyada yangi koronavirus laboratoriya usulida kashf qilindi. U kasallikni o‘rganishga yordam berishi taxmin qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

virus BAA

Baholaganlar

312

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing