Davlatnazar Ro‘zmetovning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga jazo tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 2019 yilning 6 noyabr kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi U.S.ga nisbatan hukm chiqardi. 

Unga ko‘ra, sudlanuvchi 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qilinishi barobarida bir yarim yil avtomashina boshqarish huquqidan ham mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 29 oktyabr kuni jurnalist “Xorazm yoshlari” gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan paytida hibsga olinib, Qo‘shko‘pir tumani ma’muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm jurnalist

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing