AQSH Mirziyoyevning kechagi chiqishiga nima deydi?
Jamiyat
−
23 noyabr 2019
11254AQSH Davlat departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 22 noyabr kuni videoselektor vaqtida davlat idoralarining OAV bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga munosabat bildirdi.
Davlat rahbari Qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda hokimlarga OAV bilan muloqotga kibrga berilmaslikni, nafaqat o‘z sha’ni, balki davlat sha’nini saqlashga mas’ul ekanini uqtirdi.
AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Elis Uells Twitter`dagi sahifasida quyidagi postni qoldirdi:
“Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekistonda OAVga nisbatan tahdidni qoralashi va OAV mustaqiiligining qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlashidan hursandman. Jurnalistlar va bloggerlarning xavfsizlikda bo‘lishi, o‘z vazifalarini erkin bajarishi demokratiya va oshkoralikni yanada oshiradi".
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga qarata aytgan tahdiddi gaplari audiosi internetda tarqalib, ummon ortigacha yetib borgandi. Mazkur hodisaga YeXHT vakili, Buyuk Britaniya va AQSH elchilari munosabat bildirdi. Jurnalistlarga nisbatan tahdid qattiq qoralandi. Ammo masalaga Hukumat va Senat darajasida munosabat bildirilmagan bir vaqtda, Prezident Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ushbu masalani ko‘tarib, davlat idoralari rahbarlarini yana bir bor sergak, madaniyatli bo‘lishga chaqirdi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023