AQSH O‘zbekistonning qo‘shnilariga qurol eksportini chekladi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Amerika o‘qotar qurollarini noqonuniy qayta sotish xavfi yuqori bo‘lgan 36 davlatga yetkazib berish shartlarini kuchaytirdi. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi bayonoti e’lon qilindi.

Aprel oyida Davlat departamenti inson huquqlari va qurol savdosi sohasidagi buzilishlar eng ko‘p qayd etilgan 36 ta davlat ro‘yxatini tuzdi. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham bor. Bundan tashqari ro‘yxat Vetnam, Yamayka, Indoneziya, shuningdek, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarini o‘z ichiga olgan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, AQSH Savdo vazirligi ushbu mamlakatlarga tijorat eksporti uchun arizalarni “tasdiqlash prezumpsiyasi” emas, balki “rad etish prezumpsiyasi” asosida ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, ular uchun eksport litsenziyasi muddati to‘rt yildan bir yilgacha qisqartiriladi.

“Ko‘pincha Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan qurollar noto‘g‘ri qo‘llarga tushib, mamlakatning milliy xavfsizligi va tashqi siyosati manfaatlariga bevosita zarar yetkazadi. Bunga qarshi kurashish uchun biz yuqori xavfli mamlakatlarga eksportni cheklash va qurol-yarog‘ o‘tkazmalarini nazorat qilish choralarini ko‘rmoqdamiz", deydi AQSH Savdo vaziri Jina Raymondo.

Qayd etilishicha, o‘zgarishlar Amerika qurollari qo‘llanilgan holda dunyo mintaqalarida beqarorlikning kuchayishi xavfini kamaytirishga qaratilgan. Reglament may oyi oxirida kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qozog'iston Tojikiston Qirg'iziston qurollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing