Tramp nima uchun tibbiy niqob kiyishni xohlamasligini aytdi

Olam

image

Kecha, 3 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusdan himoya qilish uchun yuziga niqob kiymasligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, bu AQSH yetakchisi maqomiga to‘g‘ri kelmaydi.

"Niqob taqish shunchaki tavsiya hisoblanadi. Men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Buni qilishni xohlamayman", deydi Tramp.

Tramp, shuningdek, Oval ofisning Prezident ish stoli – Rezolyutda niqob kiyib o‘tirish prezidentlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda u o‘zini boshqa yo‘llar bilan ehtiyot qilyapti.

"Bilasizmi, Oval ofisidagi chiroyli, ajoyib Rezolyut stolida o‘tirib, tibbiy niqob kiyib, prezidentlarni, bosh vazirlarni, diktatorlarni, qirollarni, qirolichalarni qabul qilish... bilmadim, xato tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Bu men uchun emas", deb tushuntirdi Tramp.

Shuningdek, u fikrini o‘zgartirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Ammo shunga qaramay, koronavirus atrofidagi vaziyat "tez orada tugaydi" deb umid bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Koronavirus Tibbiy niqob

Baholaganlar

455

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing