Navoiydagi chiqindi poligonida yong‘in yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 27 fevral kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi chiqindi tashlash poligonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, chiqindi tashlash poligoni tuman markazidan 10-12 km olis masofada joylashgan bo‘lib, ushbu yonishdan hosil bo‘lgan tutunning tuman markazi aholisiga hech qanday ta’siri bo‘lmagan.

“Ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi huzurida mutasaddi idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan. Poligondagi yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur masala o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing