Navoiyda ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida ikki Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati boshlig‘i QLAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 25 sentyabr kuni soat 21:20 larda 25 yoshli haydovchi Nexia’da qarama-qarshi yo‘nalishida kelayotgan tengdoshi boshqaruvidagi xuddi shu rusumli mashina bilan to‘qnashib ketgan. Bunga haydovchilardan birining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Oqibatda mashinalardagi yo‘lovchilar – 40 yoshli erkak va 45 yoshli ayol voqea joyida, 34 yoshli erkak esa shifoxonada vafot etgan. Og‘ir tan jarohati olgan ikki haydovchi esa Zarafshon shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ham 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Nexia Uchquduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made