Zidan va Ronaldu yana bir joyda ishlashi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Yuventus” futbol klubi Ispaniyaning “Real” jamoasini boshqarayotgan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidanga jamoaning bosh murabbiyi lavozimini taklif qilmoqda. Bu haqda Fransiyaning “Le10sport” portali xabar bermoqda. 

Portalning xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati Zidan va “Real” prezidenti Florentino Peres o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklardan foydalanishga harakat qiladi. Xabar qilinishicha, “Yuventus” vakillari fransiyalik murabbiy bilan allaqachon bog‘lanishgan. 47 yoshli Zidanning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Yuventus”ni hozir Mauritsio Sarri boshqarmoqda, uning kelishuvi 2021/22 mavsum oxirigacha tuzilgan.

Zidan 2016 yil yanvarida “Real” bosh murabbiyi bo‘ldi va ushbu lavozimda 2018 yil mayigacha ishladi. Bir yil o‘tgach, u yana Madrid klubini boshqarishni boshladi. Uning rahbarligi ostida “Real” ketma-ket uch marta Chempionlar ligasi kubogini, Ispaniya chempionligini, ikki bor mamlakat superkubogini, UEFA superkubogini va klublar o‘rtasidagi Jahon kubogini qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda "Yuventus"da to‘p surayotgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ham Zidan qo‘li ostida "Real"da o‘ynagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Krishtianu Ronaldu Zidan

Baholaganlar

537

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing