Murodovning Abdullayev ishiga aloqadorligi tekshirilyapti

Jamiyat

image

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodov harakatlari Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

“Otabek Murodov harakatlari Ixtiyor Abdullayevga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Qolgan ma’lumotlar tergov siri bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli oshkor etilmaydi”, dedi Hayot Shamsutdinov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani, u poraxo‘rlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanayotganini ma’lum qilgandi.

Sobiq Bosh prokuror va DXX raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida undan avvalroq xabar bergan edik. Mazkur ish doirasida 10 ga yaqin mansabdor shaxs tergovga jalb qilingan.

Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Ixtiyor Abdullayev ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Murodov Ixtiyor Abdullaev

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing