Mish-mishlarga chek qo‘yildi. Rabo “Barselona” bilan kelishib olgan

Sport

image

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabo va Ispaniyaning “Barselona” klubi allaqachon o‘zaro kelishuvga erishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shunchaki bu xabar prijliklar tomonidan Raboga o‘tkazilayotgan bosim tufayli e’lon qilinmagan.

PSJ va Rabo o‘rtasida tuzilgan shartnoma joriy yilning 1 iyul kuni o‘z kuchini yo‘qotadi va shu kuni futbolchi Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.

Oldinroq, Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachi bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabarlar chiqqan edi. Eslatib o‘tamiz, Adriyen Rabo o‘tgan yili dekabrda shartnomasini yangilashni xohlamagani uchun PSJ asosiy tarkibidan chetlatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Adrien Rab'o

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing