Chekinayotgan koronavirus. O‘zbekiston va dunyoda qanday xushxabarlar bor?

Olam

image

Jons Xopkins nomidagi Amerika universiteti federal va mahalliy hokimiyat organlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalarning ma’lumotlarini jamlagan dunyoda koronavirus infeksiyasidan shifo topganlar soni 1 119 817 kishini tashkil etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 3:40ga ko‘ra, dunyoda COVID-19 infeksiyasi bilan zararlanganlar soni 3 502 126 kishiga yetdi. 247 107 bemor yuqumli kasallikning qurboniga aylandi.

O‘zbekistonda 4 may holatiga ko‘ra, koronavirusdan shifo topganlarning umumiy soni 1319 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 2136 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 807 nafar bemor davolanmoqda.

Gonkongning har bir fuqarosiga koronavirus tarqalishining oldini olish uchun hukumat tomonidan yuvilishi mumkin bo‘lgan niqoblar tekin tarqatiladi. Ta’kidlanishicha, yaqin kunlarda rasmiylar aholiga 60 marta yuvilishi mumkin bo‘lgan 7,5 million niqobni tarqatishga tayyorlanmoqda. Ular Gonkongda epidemiyaga qarshi kurash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari asosida ishlab chiqilgan.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan shifo topganlar soni 4 632 kishiga yetdi. Bir kun oldin xabar berilishicha, 3 may kuni 201 kishi infeksiya bilan zararlangan, ularning 91 nafari Tokioda qayd etilgan.  Yaponiyada koronavirusdan 549 kishi vafot etdi.

Yangi Zelandiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi. Bu haqda mamlakat SSV ma’lum qilgan. “Bugungi kunda biz COVID-19 holatlarini qayd etmadik... Infeksiyaning tasdiqlangan va ehtimoliy holatlarining umumiy soni hanuzgacha 1487 tani tashkil etadi...”, dedi sog‘liqni saqlash xizmatlarining bosh direktori Eshli Blumfild. So‘nggi 24 soat ichida Yangi Zelandiyada infeksiya oqibatida hech kim vafot etmagan. 1276 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoyda so‘nggi bir kun ichida koronavirus infeksiyasidan 53 bemor davolandi, o‘limga olib kelgan holatlar qayd etilmadi. 3 kishida infeksiya aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabar bermoqda. Koronavirus tarqalgan Xubey provinsiyasida kuniga birorta ham infeksiya yoki o‘lim holati aniqlanmadi, shifoxonalarda koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bitta ham bemor qolmadi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus vaksinasi 2020 yil oxirida paydo bo‘lishini kutmoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat ma’murlari va alohida idoralar zarur qoidalar va ruxsatnomalarni tasdiqlash uchun “imkon qadar tezroq ishlamoqda”.

Polshada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq bir yarim oylik tanaffusdan keyin savdo markazlari ishlashga tushdi. Hukumat qaroriga binoan, bu hafta koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi turish uchun ilgari o‘rnatilgan cheklovlarni olib tashlashning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Mart oyining o‘rtalarida Polsha chet elliklar uchun chegaralarni yopishga, Shengen mamlakatlari bilan chegaralarda nazoratni tiklashga, xalqaro havo va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar tashishni to‘xtatishga, odamlar harakatini cheklashga qaror qilgan edi. Bundan tashqari, bolalar bog‘chalari, maktablar, universitetlar, ko‘ngilochar muassasalar va boshqa muassasalar ham yopilgan 


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing