Modrich “Real”da qoladigan bo‘ldi

Sport

image

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Madridning “Real” klubi bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytiradi.

Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli futbolchi madridliklar rahbariyati bilan bu borada kelishib oldi. Modrichning “Real” bilan tuzadigan shartnomasining moliyaviy bandlari oshkor etilmadi.

Oldinroq “Real” bosh murabbiyi o‘zining kelgusi mavsum uchun rejalarida u borligi va Modrich ham Zidanga klubda faoliyatini yakunlashini xohlashini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Luka Modrich

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing