Yana bir Prezident iste’foga chiqdi. Mamlakat harbiylar qo‘lida

Olam

image

Sudan mamlakatida davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Davlat to‘ntarishi natijasida, joriy yilning 11 aprel kuni Sudan Prezidenti Omar al-Bashir iste’foga chiqdi. Mamlakat prezidenti 1989 yildan buyon ushbu lavozimda qolayotgan edi.

2018 yilning dekabr oyida mamlakatda nonning narxi oshib ketishi, yoqilg‘i va naqd pul yetishmovchiligi aholining keskin noroziliklariga sabab bo‘layotgan edi. Ayni paytda mamlakat to‘la iqtisodiy inqiroz holati kuzatilmoqda.

Shu sababdan Sudan Bosh qo‘mondonligi Prezident Omar al-Bashir ishtirokisiz favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan va mamlakatning harbiylar qo‘liga o‘tganligini e’lon qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, mamlakat Prezidenti Omar al-Bashir atrofidagi yuqori lavozim egalari, xususan, Prezident gvardiyasi rahbari, mudofaa vazirligi rahbarlari hibsga olingan. Prezident saroyi harbiy texnika bilan o‘rab olingan. Hukumatni 30 yil davomida boshqargan al-Bashir “harbiylar qo‘lida” ekani taxmin qilinmoqda. Xartum xalqaro aeroporti vaqtincha yopib qo‘yilgan.

Sudan armiyasi davlat televideniyasi orqali jonli efirda mamlakat Prezidenti Omar al-Bashirning hukumatdan ketkazilgani, konstitutsiyaning to‘xtatilgani hamda parlament va boshqa hukumat organlari tarqatib yuborilganini ma’lum qildi.

Omar al-Bashirning qayerdaligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u uy qamog‘ida saqlanayotgan bo‘lsa, ayrimlariga ko‘ra mamlakatdan chiqib ketgan.

Sudan Mudofaa vaziri general-leytenant Avad bin Auf armiya mamlakatda hukumatni ikki yilga o‘z nazoratiga olganini, havo hududlari 24 soatga yopilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan Omar al-Bashir

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing