Pandemiyaga qaramay, moskvaliklar bayram qilyapti. Unda Putin ham qatnashdi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva shahrida har yili sentyabrning birinchi shanbasida "Shahar kuni" keng nishonlanadi. Joriy yilda ham, butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga bog‘liq vaziyat "qaltis"ligicha qolayotgan bo‘lishiga qaramay, an’ana davom etdi. "Shahar kuni" bugun, 5 sentyabr kuni nishonlanmoqda. Poytaxt aholisi va mehmonlari shaharning 873 yilligini keng nishonlamoqda.

"Zaryade" konsert zalida katta tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham kelib, moskvaliklarni “Shahar kuni” bilan tabrikladi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.

"Biz, Rossiya fuqarolari poytaxtimizni qadrlaymiz va sevamiz. Sizlarni bayram bilan tabriklayman. Sizlarga sog‘liq va eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Moskva kuni muborak bo‘lsin", degan Prezident.

Putin koronavirus pandemiyasi paytidagi poytaxt aholisining birdamligiga alohida e’tibor qaratdi.

Prezident, shuningdek, Moskva hukumatining koronavirus bilan kurash borasidagi tajribasini e’tirof etgan. Putinning qayd etishicha, bu sharoitda ko‘p millionlik aholiga ega katta megapolisda ishlash oson emas.

Davlat rahbari Moskva odatiy hayot tarziga "ishonch bilan qaytayotganini" ta’kidladi. 

Ma’lumot uchun, oxirgi sutkada Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 205 nafarga ortib, ushbu xastalikka chalinganlarning umumiy soni 1 020 310 kishiga yetdi. Xususan, Moskvada 671 ta yangi holat qayd etilgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing