Zelenskiy "Shimoliy oqim”ga qarshi suzmoqchi

Olam

image

Ukraina va Polsha AQSH bilan hamkorlikda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish tarafdori, deya xabar bermoqda TASS.                                               

Ukraina rahbari bu haqda bugun, 31 avgust kuni Polsha Prezidenti Andjey Duda bilan Varshavada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.

"Biz energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratdik. Bu yerda biz Polsha bilan bir ovozdan gaplashamiz: "Shimoliy oqim 2" qabul qilinishi mumkin emas va bu  butun Yevropaga tahdid soladi. Shu bilan birga, biz energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va Polsha va AQSH o‘rtasidagi uchburchakda energiya sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Zelenskiy
 


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing