Varshavada noma’lum shaxslar sinagogani yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 1 may kuni noma’lum shaxslar Varshava markazidagi ibodatxonaga o‘t qo‘yishga uringan. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi.

"Mamlakat bosh ravvini Mixael Shudrixning yozishicha, kimdir Nojikov ibodatxonasiga molotov kokteyli yordamida o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan. Xudoga shukur, hech kim jabrlanmadi", deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

Mahalliy nashrlarning qayd etishicha, voqea haqida poytaxt politsiyasi xabardor qilingan va hozirdanoq tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Nojikov sinagogasi Polsha yahudiy jamoalari ittifoqining asosiy ibodatxonasi bo‘lib, Varshavadagi Ikkinchi jahon urushidan qolgan yagona shunday joydir. Bino 1997 yilda ham yoqib yuborilgan bo‘lib, o‘shanda binoning qabulxonasi shikastlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Varshava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made