Nur-Sultonda bolalar bog‘chalari yana yopiladi
Jamiyat
−
22 iyun 2020
3722Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda ertaga, 23 iyundan barcha bolalar bog‘chalari yopiladi. Bu haqda Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi bo‘yicha rasmiy axborot berib boruvchi Telegram kanalda xabar berildi.
“Epidemiologik vaziyat va tarbiyachilarning COVID-19 bilan kasallanish faktlarini inobatga olib, mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha bolalar bog‘chalarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Agarda bolani uyda qoldirish uchun hech kim bo‘lmasa, ishni masofaviy shaklga o‘tkazish majburiy bo‘ladi.
Qayd etilishicha, karantin vaqtida bog‘chaga (davlat va nodavlat) 20 foiz bola qatnagan. Qaror bolalar salomatligini saqlash va virus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingani ta’kidlangan.
“Bolalar bog‘chasining qayta ochilishi shahardagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Sanitariya normalari qat’iy rioya qilish kerak: niqob taqish, qo‘llarni antiseptik bilan tozalash va ijtimoiy masofani saqlash”, deyilgan rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda "yashil" va "sariq" toifadagi hududlarda 1 avgustdan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi