“Bochka” oldida nega tirbandliklar yuzaga kelyapti?

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yo‘lda tirbandliklar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, tuman hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 74 kmda joylashgan Xo‘jakent qishlog‘i umumiy ovqatlanish shaxobchalari (Bochka) oldida eski ko‘prikni zamonaviy yo‘l infratuzilmasiga aylantirish, kengaytirish, ta’mirlash hamda qo‘shimcha aylanma yo‘llar qurish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli dam olish kunlarida ushbu ta’mirlanayotgan ko‘prik oldida transport vositalarining tirbandliklari yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati IIBB YHXB mahalliy aholi va Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun keluvchilardan ushbu ta’mirlanayotgan yo‘l qatnov qismidan o‘tishlarida “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya etishlarini va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hurmat qilishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Bo'stonliq tirbandlik

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made