Bo‘stonliqda Treilblezer ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘i yaqinida Treilblezer avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB xabar berdi.

Voqea 21 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda sodir bo‘lgan. Tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlanib ketayotgan Treilblezer rusumli transport vositasi, 1984 yilda tug‘ilgan haydovchining ehtiyotsizligi va yo‘lni torligini inobatga olmagani sababli ag‘darilib ketgan. 

Ushbu hodisa oqibatida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 aprel kuni soat 15:20 larda Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Spark avtomashinasi ag‘darilib ketgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Bo'stonliq Treilblezer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing