“Man Siti” oxirgi mavsumda qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘tgan mavsumda 817 million yevro ishlab topib, Angliya futbol klublari o‘rtasida mavsumiy daromad bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda klub o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

“Shaharliklar” oxirgi mavsumda o‘tgan yilga nisbatan 114 million yevro ko‘p daromad olgan. Manchester klubining rekord daromad keltiruvchi asosiy manbalari reklama, teleko‘rsatuvlar va o‘yin kunlarida sotilgan chiptalar savdosiga to‘g‘ri keldi.

2022/2023 yilgi mavsumda “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Angliya chempioni va mamlakat kubogi g‘olibiga aylanib, treblni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi olti yil ichida Manchester klubi besh marta mamlakat chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan. Joriy mavsumda Pep Gvardiola shogirdlari 12 o‘yindan keyin “Liverpul”dan bir ochko oldinda bo‘lib, Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Shaharliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing