“Man Siti” braziliyalik futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflamoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” “Nyukasl”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Brunu Gimaraynsh uchun 115 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uning atrofidagilar bilan allaqachon aloqa o‘rnatgan.

Manchester klubi yarim himoyachi Rodrigo Ernandesga yordam bo‘lishi uchun uning pozitsiyasiga futbolchi sotib olmoqchi.

Joriy mavsum Gimaraynsh barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti N'yukasl Brunu Gimaraynsh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing