Maduro Venesueladan ketmoqchi bo‘ldimi? Tramp Pompeoning aytganlariga izoh berdi

Olam

image

Kecha, 1 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi Maykl Pompeoning Venesuela Prezidenti haqida aytgan gaplarini mish-mishga tenglashtirdi.

Maykl Pompeo Venesuela Prezdenti Nikolas Maduro 1 may, seshanba kuni mamlakatni tark etish harakatiga tushgani haqida aytib o‘tgandi.

“Fox Business” telekanali efirida Trampdan Maduroning mamlakatni tark etishga qaror qilgani, ammo rasmiy Moskva uni bu fikrdan qaytargani haqidagi xabarga izoh berishi so‘raldi.

“Agar bu shunday bo‘lsa, demak bunga chidab bo‘lmaydi. Biz ko‘plab mish-mishlar eshityapmiz. Uning mamlakatni tark etishi, u mamlakatni boshqa yo‘l bilan tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Men Rossiya Kuba to‘g‘risida ko‘plb mish-mishlar eshityapman”, degan Tramp.

Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Maduroni seshanba kuni mamlakatni tark etishdan qaytargani haqida aytib o‘tgandi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, Maduro Kubaga ketmoqchi bo‘lgan.

Pompeoning bu taxminlariga Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deb javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kuni Venesuela poytaxti Karakas va boshqa shaharlarda bir guruh harbiylar muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlashi ortidan Hukumatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 

Venesuela Hukumati harbiylar harakatini davlat to‘ntarishiga urinish deb baholadi. Hukumat kuchlari muxolifatning bir guruh harbiylar bilan mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga urinishi qisman bostirilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyidan beri Venesuelada qo‘shhokimiyatchilik hukm suryapti. 23 yanvar kuni Venesuela Parlamenti va muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha Prezidenti deb e’lon qildi.

Rivojlangan G‘arb davlatlari Guaydoni Prezident sifatida tan oldi. Janubiy Amerikaning rivojlangan davlatlari ham Guaydoni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi.

Rossiya Venesuela bilan harbiy-texnik kelishuvga binoan  Boliviar davlati harbiylarini mashq qildirish uchun ikkita samolyotda harbiy-mutaxassislarni yubordi. Venesueladagi vaziyat keskinligicha saqlanib qolyapti.

Bir tomondan AQSH Venesuealaga harbiy kuchlarini kiritishi mumkinligini inkor qilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Maykl Pompeo

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing