Samarqandda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochiladi

Jamiyat

image

Invest in Samarkand birinchi xalqaro investitsion forumi davomida Samarqand viloyati futbol assotsiatsiyasi va Ispaniyaning “Real Madrid” futbol akademiyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov forum doirasida Madridning “Real” klubining Markaziy Osiyo va Afrika qit’asi bo‘yicha maxsus vakili Inigo Arenillasni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Samarqandda “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirdi.

Yakunda kelishuv memorandumi imzolandi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Real Madrid

Baholaganlar

27

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing