Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev ham vafot etdi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
10771Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nazirjon O‘rinboyev pnevmoniya asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Nazirjon O‘rinboyev 1966 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.
1989 yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan
U hokimlikka tayinlangunga qadar 2014—2017 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i, “Agroservis MTP” kompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2018 yilning 20 oktyabrida Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi.
QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi