Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev ham vafot etdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nazirjon O‘rinboyev pnevmoniya asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Nazirjon O‘rinboyev 1966 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 

1989 yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan

U hokimlikka tayinlangunga qadar 2014—2017 yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i, “Agroservis MTP” kompaniyasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

U 2018 yilning 20 oktyabrida Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlangan edi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov og‘ir xastalikdan so‘ng 56 yoshida vafot etdi. 

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Nazirjon O'rinboev

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar