Komilov Diyego Garsiya-Sayanni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tegishli vazirlik va idoralarining BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Hozirda O‘zbekistonda demokratiya mezonlariga javob beradigan mustahkam siyosiy tizim yaratilgani, jamiyatda qonunlarning ustuvorligi tamoyiliga va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish qaror topayotgani qayd etildi. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlar so‘zsiz bajarilmoqda. 

Jumladan, tergov olib borish ustidan sud nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan "Xabeas korpus" jarayonlarini joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston nomzodini 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga ko‘rsatish nuqtai nazaridan tomonlarning muloqotni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov BMT

Baholaganlar

3

Reyting

2.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing