Ko‘zi ko‘r qur’a YeCHL chorak final juftliklarini aniqladi

Sport

image

Bugun, 15 mart kuni Shveysariyaning Non shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, amaldagi chempion va joriy turnirda ham chempionlikka asosiy da’vogar sifatida qaralayotgan “Manchester Siti” klubi YeCHLning 14 karra g‘olibi Madridning “Real” klubi klubi bilan bahs olib boradi.

Qur’a natijalari:

“Arsenal” - “Bavariya”;

“Atletiko” - “Borussiya”;

“Real” - “Manchester Siti”;

PSJ - “Barselona”.

Yarim finalda esa “Arsenal” - “Bavariya” juftligi g‘olibi “Real” - “Manchester Siti” to‘qnashuv g‘olibi bilan kuch sinashsa, “Atletiko” - “Borussiya” uchrashuvida yutgan jamoa PSJ - “Barselona” qarama-qarshiligida zafar quchgan klub bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum YeCHL finali 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Finalga Angliya poytaxti London shahrida joylashgan “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing