Habib yana qancha vaqt jang qilishini aytdi
Sport
−
19 Sentabr 2019
7336Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmuhamedov qachongacha oktagonga jang qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Otam menga faoliyatining eng cho‘qqisiga chiqqan davri 32-33 yoshida kelganni aytgan. 33 yoshdan keyin esa faoliyati pastlashni boshlagan. Men ham shunday qilsam kerak. Hozircha, natijam 28-0. Agar bu ko‘rsatkichni 30-0 qilsam undan ham yaxshi bo‘lardi. Men yana kamida 3-4 ta jangda ishtirok etsam kerak. Shundan so‘ng faoliyatimni yakunlayveraman”, dedi Habib.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7sentyabr kuni UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang o‘tkazdi.
Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yengdi.
LiveBarchasi