Koreya Respublikasi Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon o‘zbek hurriyati va porloq istiqboli ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Mun Chje Inga Mustaqillik maydonining me’moriy yechimi va g‘oyaviy mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi. 

Koreya Respublikasi Prezidenti mazkur maydon O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati va o‘zbek xalqining tarixiy yutug‘i – mustaqilligini o‘zida aks ettirishi bilan g‘oyat ulkan ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing