Jizzaxda paket ichidan egizak chaqaloqlar jasadi chiqdi. Ona – turmushga chiqmagan 22 yashar qiz

Jamiyat

image

Jizzax viloyatida “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududiga tashlab ketilgan paket ichidan egazik chaqaloqlarning jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Do‘stlik tumani, Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan O‘.R.  “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonida sumka ichida qora rangli politielen paketga solingan o‘g‘il bola jinsiga mansub egizak chaqaloqlarni o‘lik holda topib olganini hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga ma’lum qilgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqlarni Manas qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 1998 yilda tug‘ilgan X.G. tug‘ib tashlab ketgani aniqlangan. 

Ayni vaqtda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing