Sirdaryoda smartfon sotaman deb mijozini chuv tushirgan yigit qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigit ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi 20 yoshli (ayol) B.X. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2,4 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘i noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 18 yoshli M.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.A. Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali "iPhone 12 rro sotiladi" deya yolg‘on e’lon joylashtirgan. Bu e’longa ishongan jabrlanuvchi B.X. bilan telefon orqali gaplashib, uning ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng, oson pul topishni kasb qilib olgan yigit 2,4 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga tushirib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan va ayolning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir qilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing