Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Kecha, 17 yanvar kuni soat 17:45 da Tuproqqal’a tumani “Nukus” mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda MAN benzin tashuvchi yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.  

Yong‘in oqibatida avtomobil va sisternadagi benzin yongan. Mazkur  yong‘in qutqaruvchilar tomonidan soat 20:12 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘inni o‘chirish uchun deyarli 3 soat vaqt sarflangan.

Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqeada tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Toshkentning Yunusobod tumanida KIA K5 avtomobili yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing