Xorazmda yosh bolalarning yuziga tarsaki tushirgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda bog‘cha opa yosh bolalarni kaltaklagani aks etgan video tarqalgandi. Shundan so‘ng, mazkur holat 2023 yilning noyabr oyida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgani aniqlandi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, maktabgacha ta’lim tashkilotining bog‘cha tarbiyachisi F.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yilning 6 may kunidan mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda  bekor qilingan.

Shuningdek, bolaning qo‘liga igna kirganligi holati yuzasidan ham tekshiruv o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, joriy yilning 17 aprel kuni 5 yoshli Ya.X. bog‘chaning kirish eshigida qo‘li qolib ketishi oqibatida barmog‘iga shikast yetganligi, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlar esa bolaga ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam vaqtida olinganligi aniqlangan. 

"Bolaning onasi aytishicha, fotosuratda o‘g‘lining qo‘liga tiqilgan sim aslida tibbiyot xodimlari tomonidan barmoqning yaralangan qismini tikish maqsadida qo‘yilgan. Hozirda bolaning sog‘lig‘i to‘liq tiklangan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm bog'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made