Gimnastika maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

“Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berilmoqda. 

Nizomga muvofiq, gimnastika maktabiga o‘quvchi-sportchilar badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin sport turlari bo‘yicha qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan ikki oy oldin gimnastika maktabi tomonidan tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi. 

Hujjatlar har yili 1 avgustdan 10 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov har yili 20–25 avgust kunlari gimnastika maktabi binosida tashkil etiladi.

Sinovlar video yozuv orqali yozib olinadi va gimnastika maktabida saqlanadi.

Sinov natijalari sinov o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 1 kun ichida gimnastika maktabining barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylardagi e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.

Sinov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 kun davomida apellyatsiya berish mumkin. 

Apellyatsiya 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
 


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing