O‘zbekiston Parij Olimpiadasi uchun dastlabki yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniyaning Valensiya shahrida o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Taxmina Ikromova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ilk yo‘llanmasini taqdim qildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi. 

Ikromova ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egalladi. Ikromova bu bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan joy oldi. Shuningdek, sportchi bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi.

“O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni, qolaversa, mamlakat gimnastika federatsiyasi, sportchimiz va uni tayyorlagan murabbiylarni ushbu natija bilan samimiy qutlaydi”, deyiladi MOQ xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika Olimpiya o'yinlari Parij-2024 Taxmina Ikromova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing