Xavi o‘zining so‘nggi o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Xabaringiz bor, kecha Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlariga start berildi. Musobaqaning 6-turida Eronning “Persepolis” klubi o‘z uyida Qatarning “Al-Sadd” jamoasini qabul qildi. 

O‘yin ahamiyati jihatidan hech narsani belgilab bermasada, muxlislar qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishdi. Bahs yakunida esa qatarliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Mazkur o‘yin qatarliklar sardori Xavi uchun oxirgisi bo‘lgani haqida xabar berib o‘tgandik. Ammo ispan futbolchisi o‘zining so‘nggi o‘yinida mag‘lub holda maydonni tark etdi.

 “Persepolis”  – “Al-Sadd” (Qatar) 2:0 (1:0, 1:0).
Tehron shahri, “Ozodi” stadioni.

Gollar: 16 – M.Torabi 1:0, 67 – A.Alipur 2:0.


Maqola muallifi

Teglar

OChL Xavi

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing