Kelinglar, jirkanch “Barsa”ni titrataylik – PSJ muxlislari

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - “Barselona” uchrashuvi oldidan parijliklarning radikal muxlislari jamoaning barcha ishqibozlarini stadionda raqibga kuchli bosim qilib, o‘z klubini qo‘llashga chorladi. Bu haqda ”Marca” ma’lum qildi.

“Chorshanba kuni jamoamiz “Barselona” bilan to‘qnash keladi. Biz uchun bu uchrashuv kechagi ”Klermon”ga qarshi bahsdan so‘ng boshlandi, barchangizdan bir bo‘lib jamoani qo‘llashingizni so‘raymiz. Ertaga ”Barsa” stadionga kirishi bilan qaltirab qolsin, ko‘pincha hakamlar yordam beradigan bu jirkanch jamoa o‘zini haqiqiy dushman xududida ekanligini his qilsin. Bizning burchimiz ”Park de Prens”ni dushman uchun dahshatli qal’aga aylantirish. Birgalikda biz, albatta, g‘alaba qozonamiz”, deydi jamoaning ashaddiy muxlislari.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu uchrashuv 11 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bahs YeCHL nimchorak finalida 2021 yilning 10 mart sanasida Parijda bo‘lib, tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing